FutbolYangiliklar

Amaldagi Jahon chempioni 29 yoshida futbolchilik kareyrasiga nuqta qo’ydi

Andre Shyurrle futbolchilik faoliyatini 29 yoshida yakunladi.

Germaniya terma jamoasining amaldagi a’zosi Shyurrle ,o’tgan mavsumni ijara asosida Moskvaning “Spartak”klubida o’tkazdi.

Nemis futbolchisi 29 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qildi va o’z qaroriga quydagicha izoh berdi.

“Bu qaror uzoq vaqt talab qildi. Sen har qanday ishda o’z rolinga ega bo’ishing zarur. Aks holda sen ishingni yo‘qotasan va yangi takliflar olmaysan”, — deydi Shyurrle.

Futbolchining so’ngi klubi “Borussiya” bo’lib qoldi.Dortmundga 2016 yil “Wolsburg”dan ko’chib o’tgan bo’lsa “Bo’rilar” tarkibida harakat qilishdan oldin, “Chelsi”, “Bayer”04, hamda “Fulxem”klublarida o’ynadi. O’zi uchun so’nggi yillarni “Spartak” jamoasida ijarada o’tkazdi.

Faoliyati davomida 2010 – 2017 yillarda Germaniya terma jamoasi sharafini himoya etdi.

“Chelsi”da Super kubok hamda Angliya kuboklarida g’alaba qozondi.
“Dortmund”esa unga Germaniya kubokini olib keldi.
2014-yilgi Dunyo birinchiligida terma jamoasi bilan birgalikda chempionga aylandi.

Manba: Championat.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button