FutbolYangiliklar

O’zbekiston pasportiga ega bo’lgan futbolchi BAA terma jamoasidan chaqiruv oldi

Bu haqida Alisher Nikimbaev xabar qildi.

“Futbol bo’yicha Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Xorxe Pinto sentyabr oyida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan Iordaniya va Tojikiston terma jamoalariga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlariga taklif etiladigan futbolchilar ro’yxatini elon qildi. Ro’yxatdan 3 nafar mahalliylashtirilgan futbolchilar o’rin olgan –Fabio Lima, Kayo Kanedo va Sebastyan Tyalbu.

BAA chempionatining 2014/15 yilgi mavsumida Lima O’zbekiston fuqarosi sifatida o’ynagandi. Ammo braziliyalik futbolchi qaerda, qachon va qay tartibda O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga ega bo’lgani sirligicha qolmoqda. Albatta, pasport haqiqiy edi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button