BoksYangiliklar

24 yoshli yengilmas bokschi Trevell Mazion YTH oqibatida vafot etdi

Amerikalik yengilmas bokschi Trevell Mazion avtohalokat oqibatida vafot etdi, deya xabar qilmoqdaDaily Mail.

Ta’kidlanishicha, YTH 15-iyul, chorshanba kuni Ostin shahrida (Texas shtati) sodir bo‘lgan. Yana ikki kishi tan jarohati olgani aytilmoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Yana to‘qqiz kundan keyin 25 yoshini nishonlash arafasida turgan Mazion professional boksda 2013-yilda debyut qilgandi.

Yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi bokschi oxirgi jangini 2020-yilning 11-yanvarida o‘tkazgandi. O‘shanda Trevell Fernando Kastanyedani 1-raunddayoq mag‘lub etib, WBC yo‘nalishida NABF tituliga ega chiqqandi.

U jami 17 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 13 jangni nokaut bilan yakunlagandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button