Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

UFC. Dastin Porye Den Hukerni mag‘lub etdi

28-iyun, yakshanba tongida Las-Vegas shahrida UFC on ESPN 12 musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasida vaqtinchalik sobiq chempion Dastin Porye (26-6) va Den Huker (20-9) o‘rtasida kechdi.

Shiddatli kechgan bellashuvda Dastin Porye hakamlarning qarori bilan g‘olib deb topildi. U birinchi raundda 48-47, ikkinchisida 48-47, uchinchisida esa 48-46 hisoblari bilan raqibidan ustun keldi. Shu tariqa Porye o‘zining 26-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Boshqa janglar natijalari:

Mayk Perri (14-6) bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan Mikki Gallni (6-3) mag‘lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28).

Moris Grin (9-5) uchinchi raundda Jan Villantyedan (17-12) ustun keldi.

Brendan Allen (15-3) g‘akamlar qaroriga ko‘ra (29-28, 29-27, 30-27) Kayl Dokosni (9-1) mag‘lubiyatga uchratdi.

Julian Erosa (24-9) uchinchi raundda Shon Vudsonni (7-1) mag‘lub etdi.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.