MMAYangiliklar
Sobiq UFC chempioni uy sharoitida farzand dunyoga keltirdi

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Misha Teyt ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo’ldi.
Etiborlisi, Teyt tug’riqxonada emas, o’z uyida yangi mehmonni dunyoga keltirgan. Bu haqida amerikalik chempionning o’zi Instagram sahifasida xabar berdi va kamiga surat ham joyladi.

“Bugun men yana bir bor ona bo’ldim. Rejalarimiz boshqacha edi. Lekin tug’ruq kompleksiga etib bora olmadik. O’g’lim Dekston Uilder Nunes 14 iyun kuni ertalab soat 8:20da dunyoga keldi. Men ettinchi osmonda uchib yuribman. Turmush o’rtog’im ham baxtiyor. Aynan uning yordami bilan murakkab sharoitda o’g’limizni dunyoga keltirdim”, — dedi Teyt.