Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Boks

Shohjahon Ergashev sobiq jahon chempioni bilan jang qilishi mumkin

Super engil vaznda sobiq jahon chempioni Rejis Progreys ( 24-1, 20KO) va Shohjahon Ergashev ( 18-0, 16KO) jangi uchun promouterlar muzokara olib borayotganliklarini ma’lum qildilar. 

“Ergashev va Progreys to‘qnashuvi ushbu vaznda eng zo‘r jang bo‘lgan bo‘lardi. Ikkala bokschi ham o‘zining yuqori formasida va ushbu divizionda etakchi ekanliklarini isbotlash niyatidalar. Har ikki tomon ham jangga qiziqish bildirayotganini hisobga olsak, pandemiya davrida muxlislar uchun ajoyib jang tashkil etishga harakat qilamiz”,-  dedi Ergashevning promouteri Dmitriy Salita Boxingscene saytiga.

Showtime kanali vakili Stefan Espinoza ham ushbu jangni efirga uzatish bo‘yicha kanal qiziqish bildirayotganini aytib o‘tgan. Eddi Xirn esa, DAZN platformasida bo‘lib o‘tadigan shou uchun Progreysga Pablo Sezar Kanoni taklif etmoqda.

“Biz albatta ushbu jangni hohlaymiz. Regis mashg‘ulot o‘tkazdi va tezroq jang bo‘lishi kerak. Biz Dimitry Salita va Stefan Espinoza bilan Ergashev – Progreys jangi borasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Ammo hozircha aniq moliyaviy takliflar bo‘lgani yo‘q. Shu bilan birgalikda DAZN platformasida translyatsiya qilish uchun Pablo Sezar Kanoga qarshi jang ham bizni hursand qilgan bo‘lardi”,-dedi Progreysning promouteri Lou Dibella.

Sobiq jahon chempionlari Rejis Progreys ( 24-1, 20KO) va Mauris Xuker ( 27-1-3 18KO) 17 aprel kuni jang o‘tkazishlari kerak edi. Ammo, pandemiya sabab jang bekor qilindi va keyinchalik Xuker ushbu vazn me’yorini bajara olmasligi tufayli, jangda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Hozirda Progreys uchun raqib topish borasida bir qancha bokschilar bilan muzokaralar davom etmoqda. Xususan, Eddi Hirn uni Shahram G‘iyosovga qarshi ko‘rishga ham qiziqish bildirayodganini aytgan edi. Biroq, G‘iyosovning yordamchi menejeri Aliko Frolovning bizga aytishiga bu borada hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yo‘q.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.