FutbolYangiliklar

Saudiya karantinda ham mashg‘ulot o‘tkazdi bizchi?

O‘zbekiston milliy jamoasining JCH-2022 saralash guruhidagi asosiy raqibi Saudiya Arabistoni karantin vaqtida ham mashg‘ulot o‘tkazgan. Bu haqda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Tribuna.uz va Kun.uz saytlari tashkil etgan “FootWeek” ko‘rsatuvida aytdi.

“OFK JCH-2022 saralash o‘yinlari qachon o‘tkazilishini e’lon qildi. Eng avval keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qilishimiz kerak. Saudiya bilan o‘yinimiz juda issiq vaqtda o‘tishi kerak edi va endi bunday bo‘lmasligi haqida aytishmoqda. Ammo kuzda ham, yozda ham bizga qarshi o‘sha yigitlar o‘ynaydi. Yozda ularga ham oson bo‘lmasdi-ku, to‘g‘rimi?

Yomon tomoni shundaki, biz uzoq vaqt mashg‘ulot o‘tkazmadik. Saudiya esa mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, karantin vaqtida ham sharoitini qilib mashg‘ulot o‘tkazgan. Yo‘q, men oldindan bahona tayyorlab qo‘ymayapman. Biz ham qarab turmaymiz, tayyorgarlik ko‘ramiz», degan Vadim Abramov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston JCH-2022 saralashining D guruhidan o‘rin olgan va hozircha 5 o‘yindan so‘ng 9 ochko to‘plagan holda guruhda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Saudiya Arabistoni bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 8 ochko bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. Saudiya 8 oktyabr kuni o‘z maydonida Yamanga qarshi o‘ynaydi va bu o‘yindagi g‘alaba orqali guruh yetakchisiga aylanishi mumkin, chunki shu kuni O‘zbekiston o‘yin o‘tkazmaydi.

Karantin sabab qoldirilgan o‘yinlarni O‘zbekiston 13 oktyabr (Yaman bilan mehmonda), 12 noyabr (Singapur bilan uyda) va 17 noyabr kuni (Saudiya bilan mehmonda) o‘tkazadi. Guruh yetakchilari Saudiya va O‘zbekistonning Toshkentda o‘tgan birinchi davra o‘yinida saudiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

JCH-2022 Osiyo saralashining ikkinchi raundidan hal qiluvchi bosqichga 8ta guruhning g‘oliblari va 4ta eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan 2-o‘rindagi jamoalar yo‘l oladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button