Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

O‘zbek sportchisi chempionlik kamari uchun jang qiladi

O‘zbekistonda jonli ravishda efirga uzatiladi.

Turkiyada Amir Temur avlodi ya’ni, «Amir» nomi bilan anchagina mashhur bo‘lgan, o‘zbek MMA jangchisi Humoyun Ibragimov haqida eshitganingiz bordir. Mazkur yurtdoshimiz Turkiyaning “ProTurk FC” hamda “Legend fighting league” promoushenlarida o‘z janglarini o‘tkazib, engil vazn toifasida chempionlikka da’vogar darajasiga ko‘tarila olgandi. U “ProTurk FC” promoushenining chempionlik kamari uchun aprel oyida jang qilishi kerak edi. Lekin koronavirus tufayli bu orqaga surildi. Biz ushbu jang borasida umuman yurtdoshimizning faoliyatiga oid yangiliklar bilan o‘rtoqlashishga harakat qildik.

– Hozirda, Turkiyaning “Legend fighting league” taklif bo‘lgan. Avval ushbu promoushenda bitta jang o‘tkazgan edim. Xabaringiz bo‘lsa, aprel oyida faoliyat olib borayotganim “ProTurk FC” promousheni menga chempionlik jangini taqdim etgandi. Afsuski, voqealar rivoji teskarisiga aylanib ketdi. Shuning uchun, bu jang qoldirilgandi. Biroq, asta-sekin sport musobaqalari qaytayotgan bo‘lsa-da, bu jang borasida oldinga siljish yo‘q. Shu tufayli, “Legend fighting league” taklifini o‘rganib chiqmoqdaman. Ushbu promoushen ham dastlabki urinishimdayoq chempionlik jangida oktagonga chiqishimni ma’lum qildi. Muzokaralar davom etmoqda. Agar, barchasi ko‘ngildagidek yakunlansa, shartnoma imzolanadi. Qolaversa, ushbu jangim O‘zbekistonda jonli ravishda efirga uzatiladi. Bu borada MY5 telekanali rahbariyati bilan gaplashgan edim. O‘sha apreldagi jang borasida shunday kelishuvga erishgan edik. Raqib va jang sanasi muzokaralar ijobiy yakunlansa, ma’lum qilinadi. 

Manba: Sports.uz

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.