Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Osiyo qitasi uchun sentyabr oyi bekor qilindi. Endi nima bo’ladi?

FIFA yaqinlashib kelayotgan taqvimga o’zgarish va qo’shimchalar kiritdi.

– JCH-2022 qitalararo pley-off bosqichi 2022 yil mart oyidan iyun oyiga ko’chirildi,

– 2020 yil sentyabr oyidagi FIFA kunlarini OFK, KAF, KONKAKAF va Okeaniya mintaqasi uchun bekor qildi, UEFA va KONMEBOL uchun esa bu kunlar saqlab qolindi.

– 2020 yil oktyabr va noyabr oyidagi FIFA kunlarini UEFA uchun bir kunga uzaytirish, bu orqali ikkita emas uchta o’yin o’tkazish imkoniyatini yaratib berish,

– 2021 yil iyun oyidagi FIFA kunlarini OFK, KAF, KONKAKAF va Okeaniya mintaqasi uchun 7 kunga uzaytirish, bu orqali ikkita emas to’rtta o’yin o’tkazish imkoniyatini yaratib berish.

– 2020 yil sentyabr oyida agar milliy chempionatda FIFA kunlari uchun tanaffus ko’zda tutilmagan bo’lsa klublar o’z futbolchilarini terma jamoalarga qo’yib yubormaslikka haqli bo’lishadi. Masalan, agar Koreya/Yaponiya/Qatar/BAA chempionatlarida terma jamoalar uchun tanaffus bo’lmasa, O’zbekiston terma jamoasi azolari sentyabr oyidagi o’rtoqlik uchrashuviga kela olishmaydi.

– OFKda JCH-2022 saralashi uchinchi bosqichini 2021 yil oktyabr oyida yakunlash va qita pley-off bosqichini 2021 yil noyabr yoki 2022 yil mart oyida o’tkazish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, FIFA 2021 yil 1-18 dekabr kunlari 16ta terma jamoa ishtirokidagi Arab kubogini o’tkazishga ruxsat berdi, ushbu musobaqa 2022 yil yakunida bo’lib o’tadigan Jahon chempionatidan oldin Qatar uchun o’ziga xos tayyorgarlik vazifasini o’tab beradi, – deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o’z kanalida.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.