Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Tennis

Novak Jokovichda koronavirus aniqlandi

Bu haqida serbiyalik tennischining o‘zi xabar berdi.

Jahonning birinchi raqamli raketkasi va “Adria tur” ko‘rgazmali musobaqasining tashkilotchisi hisoblangan Novak Jokovichning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergan. Bundan tashqari, uning rafiqasi Elena ham virus bilan zararlangan. Xayriyatki, ularning farzandida bu holat aniqlanmadi.

Jokovich Zadar shahrini xususiy samolyotda tark etgan. Belgradda topshirgan testlari unda virus borligini aniqlab berdi.

“Men barchadan uzr so‘rayman. Bu kabi holatda ehtiyotsizlik qilishim va ko‘rgazmali turnirda qatnashayotganlar bilan himoyalanmagan muloqotga kirishishim to‘g‘ri emasdi. Umid qilamanki, bu kimningdir sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazmaydi. Endi 14 kunlik izolyatsiyani talab darajasida o‘tkazishga harakat qilaman”, – deydi Jokovich. r

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.