Futbol

Namangan viloyati hokimi “Navbahor” futbolchilariga qo’l soatlarini topshirdi

Bugun “Navbahor” o’z uy uchrashuvlarini o’tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy» o’yingohda yig’ilish o’tkazildi.

Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Botirovich Isaev, “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, klub rahbariyati, “Markaziy” o’yingoh direktori Nabixon Abdug’aniev, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.

Yig’ilishda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Bozorov so’zga chiqib, koronavirus pandemiyasi sababli, butun dunyo, shu jumladan, O’zbekistonda ham futbol o’yinlari vaqtincha to’xtatilganligi, 13 iyundan yurtimizda yana Superliga bahslari restart olayotganligi quvonarli holat ekanligi, “Navbahor”ning oldiga joriy mavsumda yuksak maqsad, yani Osiyo CHempionlar Ligasi yo’llanmasini qo’lga kiritish vazifasi qo’yilganligi, buni amalga oshirish uchun futbolchilar bahamjihat, maydonda jonkuyarlik bilan to’p surishlari lozimligi, muxlislarga o’z g’alabalari bilan quvonch ulashish futbolchilarga bog’liq ekanligi, jamoaga yuragida o’ti bor, “Navbahor” shani uchun kurashadigan o’yinchilar kerakligini takidladi.

SHuningdek, Xayrullo Hayitbaevich Igor Golbanni O’zbekiston fuqaroligini qabul qilganligi bilan qutlab, uning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

SHundan so’ng, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Isaev so’zga chiqib, futbolchilar xalqqa xursandchilik baxshida etadigan kasb sohiblari ekanligi, koronavirus pandemiyasi davrida muxlislarga o’zlarining g’alabalari bilan quvonch hadya etishlari lozimligini aytib o’tdi.

So’ngra, “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, jamoaning etakchi futbolchilaridan biri Azizbek Turg’unboev so’zga chiqib, “Navbahor”ga yaratilayotgan sharoitlar uchun Xayrullo Bozorov, shuningdek, klub rahbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini bildirib, bu yil jamoa o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshirishi, ishonchni oqlash uchun qo’ldan kelganicha harakat qilishlarini takidlashdi.

14 iyun kuni Coca Cola Superliga 4-turidan o’rin olgan, safarda Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan bo’lajak o’yin oldidan futbolchilarni ruhlantirish maqsadida, klub rahbariyati tomonidan jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilariga ism-shariflari yozilgan esdalik qo’l soatlari sovg’a qilindi hamda uni Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov topshirdi.

Yig’ilish so’nggida Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi Olim Isaev hamda klub rahbariyati jamoaga Qarshidagi hamda joriy mavsum davomidagi uchrashuvlarda omad yor bo’lishi, OCHL yo’llanmasini qo’lga kiritishini tilashdi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button