Yangiliklar

MDH o’yinlarining o’tkazilish muddati o’zgardi

Rossiyaning Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi o’yinlari o’tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Musobaqa tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sabab MDH o’yinlarini avgustdan sentyabr oyining birinchi dekadasiga ko’chirishdi. Bu malumotni shaxsan Rossiya Federaciyasi sport vaziri Oleg Maticin ham tasdiqladi. 

Maticinning so’zlariga ko’ra, MDH o’yinlari koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo miqyosida o’tkaziladigan katta masshtabdagi ilk yirik kompleks musobaqa bo’ladi. 

Malumot uchun, Hamdo’stlik o’yinlarida Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O’zbekistondan 14 yoshdan 23 yoshgacha bo’lgan 3600 nafar sportchi ishtirok etadi.

MDH o’yinlari dasturidan 21 ta sport turi – basketbol, boks, sohil voleyboli, stol tennisi, badiiy gimnastika, suv polosi, dzyudo, engil atletika, suzish, sport kurashlari, sambo, qilichbozlik, mini-futbol, kurash, karate, raqs sporti, armrestling, mas-restling, tosh ko’tarish, tay boks va  shaxmat o’rin olgan. Sportchilar jami 230 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button