Connect with us

MMA

Makgregor faoliyatini yakunladi! Bu xabarni uydagilari quvonch bilan kutib olishdi

Published

on


Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor faoliyatini yakunlashini elon qildi.

 Irlandiyalik jangchi nima uchun bu qarorga kelganini izohladi. 

“SHunchaki janglardan zavq olmay qo’ymay qo’ydim. Ayni paytda o’zim uchun maqbul raqiblar bilan jang qilishning imkoni yo’q. UFC o’z scenariysi bo’yicha ishlayapti va qolganlarni ham shunga ko’nishga majbur qilyapti. 

Nima uchun, chempionlik jangini sentyabrga ko’chirishdi? Baribir 9 may kuni jang o’tkazildi-ku! Men ligadagi rejalarimni taqdim etdim. Evaziga rad javobini oldim. UFC menga vaqtinchalik kamar uchun Jastin Getjiga qarshi jangni berishi mumkin edi. Lekin nega bermadi?

Nimadir qiziqarli topishga urinib ko’rdim. Qariya Anderson Silva bilan jang varianti yuzaga keldi. Ammo, ko’pchilik yoshi o’tgan sportchi bilan jang qilyapti deya malomat qila boshladi. Ochig’i, biroz charchadim, jonga tegdi. Boshqa janglarni tomosha qilib ham rohat olmayapman”, — deya Makgregorning so’zlarini keltirmoqda MMAJunkie.

Konor o’zining “Twitter” sahifasida oila azolari uni qanday tabriklaganini namoyish etdi.

“Faoliyatingizni yakunlaganingiz bilan, dadajon”, – deb yozib qo’yilgan tortning ustiga.

Continue Reading
Advertisement
1 Comment

1 Comment

  1. Pingback: Magomedov:“Hali hech narsa tugamadi” – Desport.uz

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.