Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

JCH-2022 saralashi. O’zbekiston terma jamoasining navbatdagi o’yinlari oktyabr va noyabr oyida bo’ladi

OFK mart va iyun oyida o’tishi kerak bo’lgan JCH-2022 va Osiyo Kubogi 2023 saralashi doirasidagi 4ta tur o’yinlarining yangi sanalarini elon qildi.

Unga ko’ra 7-8-turlar oktyabr, 9-10-turlar noyabr oyida bo’lib o’tadi. Vadim Abramov boshchiligidagi O’zbekiston terma jamoasi 13 oktyabr kuni Yamanga qarshi neytral maydonda o’yin o’tkazadi. Ushbu bahs qaysi shahar, qaysi stadionda va soat nechada boshlanishi haqidagi malumotni Yaman FF OFKga 31 iyul sanasiga qadar yuborishi shart.

12 noyabrda terma jamoamiz Singapurni mehmon qilishadi. Nihoyat, 17 noyabr kuni vakillarimiz guruhning so’nggi turida Saudiya Arabistoniga qarshi safarda maydonga tushishadi. Noyabr oyidagi bahslarni qabul qiladigan stadionlar va boshlanish vaqtlar OFKga 31 avgustga qadar yuborilishi lozim.



7-tur, 8 oktyabr
Falastin – Singapur
Saudiya Arabistoni – Yaman

8-tur, 13 oktyabr
Yaman – O’ZBEKISTON
Singapur – Saudiya Arabistoni

9-tur, 12 noyabr
Saudiya Arabistoni – Falastin
O’ZBEKISTON – Singapur

10-tur, 17 noyabr
Saudiya Arabistoni – O’ZBEKISTON
Falastin – Yaman

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.