Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov o’zining Instagram sahifasida yangi “post” qoldirdi.
Unda rossiyalik jahon chempioni tez orada muhim yangilik bo’lishiga shama qilgan.
“Bu ikkisi butun yoz ter to’kmoqchi va kuzda (sentyabr oyida) oktagonga qaytmoqchi. Ularga omad tilaymiz. Tez kunlarda rasmiy xabarni kuting”, – deya xabar yozib qoldirgan Nurmagomedov.