MMAYangiliklar

Habib Nurmagomedov nega qoshidan jarohat olmaydi?

Nurmagomedov sentyabrda Jastin Getjiga qarshi himoya jangini o‘tkazadi.

Sport shifokori, reper Miyagining otasi Kazbek Kuzdaev, nima uchun engil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedovning qoshi yorilmaydi? – degan savolga shunday javob berdi.

«Habib – genetik yaralish jihatdan mukammal jangchi. Bu biriktiruvchi to‘qimalarning sifatiga bog‘liq. Bu tug‘ma sifat. Men MMA turnirlarini tomosha qilib turaman. Lekin bu janglarga u qadar qiziqishim yuqori emas. Bu gladiatorlar janggi… Shuningdek, kimlarningdir moddiy manfaatini qondirishdir.

Albatta, Habibga muxlislik qilaman. Uning katta buvisi osetin millatiga mansub. Bu unda sezilib turadi. Buni kamdan kam insonlar biladi.

Konor Makgregor – ajoyib jangchi. Agar ularni solishtiradigan bo‘lsak, Habibning mushaklari katta, Konor bo‘lsa, ruhan baquvvat, katta tajriba egasi» – deya Kudzaevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Yandeks.Dzen» kanali.

Ma’lumot uchun, sentyabr oyida Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi himoya jangini o‘tkazadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button