FutbolYangiliklar

COVID-19 ga qaramay o’zbekistonlik o’yinchi legionerga aylandi

O’zbekiston terma jamoasi va “Lokomotiv” klubi himoyachisi Oleg Zoteev faoliyatini K- Ligada davom ettiradi.

 Janubiy Koreya klubi  o’zbekistonlik himoyachi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, “CHonnam Dragons” 2019 yilgi mavsumda “CHonnam”K2 Ligada 6-o’rinni egallagan edi. Bu mavsum klub 7ta o’yinda 10 ochko to’plab musobaqa jadvalining 6-pog’onasida bormoqda.

“Men Koreyaga kelganimdan xursandman. Men anchadan beri K-liga o’yinlariga qiziqardim, videolarni ko’rardim. Ketish haqida taklif bo’lganda ko’proq malumotni qidirdim va bu jamoaga yordam bera olaman deb o’yladim. Tezroq jamoaga moslashishga va uni kuchaytirishga harakat qilaman”, – deydi jamoaning yangi o’yinchisi.


Manba: dragons.co.kr

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button