Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Boks

Bektemir Meliqo‘ziev AQSHga yo’l olmoqda

Bu haqida sports.uz portali xabar berdi.

 Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, professional boksning super o‘rta vaznida (76kg) o‘z faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziev ( 5-0, 4KO) navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rish maqsadida, 28 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketadi. Meliqo‘ziev WBA Continental Americas kamari sohibi bo‘lib, WBA reytingida 14-o‘rinda bormoqda. U o‘zining oxirgi jangini 14 fevral kuni meksikalik Oskar Kortesga(27-0, 14KO) qarshi o‘tkazib, raqibini 1-raundda nokautga uchratgan edi.

Hozirda Meliqo‘ziev Rossiyaning «Mir Boksa» hamda Amerikaning «Golden Boy» promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z janglarini o‘tkazib kelmoqda. Uning navbatdagi jang sanasi va raqibi tez orada ma’lum bo‘ladi. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.