Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

UZREPORT TV UFC 249 musobaqasi translyatsiya huquqini xarid qildi

Bu haqda kanal rasmiy sayti ma’lum qildi.

Butun dunyo karantinda qolib, o’zlarining sevimli sport musobaqalarini faqat takroran tomosha qilishga majbur bo’layotgan bir paytda, UFC haqiqiy musobaqani tayyorlamoqda. 10-may kuni aralash jang san’ati muxlislari sabrsizlik bilan kutayotgan, ko’p sonli jangchilar ishtirokidagi UFC 249 musobaqasi bo’lib o’tadi.

Tomoshabinlarning katta qiziqishi va murojaatini inobatga olgan holda, UZREPORT TV ushbu musobaqani O’zbekistonda translyatsiya qilish huquqini xarid qildi. Mazkur musobaqa translyatsiyasi UFC TV va Metrotelecom bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, Metrotelecom UFC TV ni O‘zbekistonda translyatsiya qilish huquqining eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.

Turnir 9-may kuni kechqurun AQShning Florida shtatidagi Jeksonvildagi VyStar Veterans Memorial Arena majmuasida bo’lib o’tadi. Biroq, mintaqalar o‘rtasidagi vaqt tafovuti tufayli O’zbekistonda translyatsiya 10-may kuni ertalab soat 05:00 da boshlanadi.

Kun tartibidan 12 ta jang o‘rin olgan. Shulardan ikkitasi – Toni Ferguson va Jastin Getji, shuningdek Genri Sehudo va Dominik Kruz o‘rtasidagi janglar titul janglari hisoblanadi. Sizni bir-biridan qiziqarli to’qnashuvlarkutmoqda.

Musobaqa kuni tomoshabinlarga yorqin hissiyotlar va yaxshi kayfiyat tilaymiz!

Manba: https://uzreport.news/


Continue Reading
REKLAMA
1 Comment

1 Comment

  1. Pingback: Toni Ferguson va Jastin Gatji taroziga chiqishdi – Desport.uz

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.