Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

UZREPORT futbol bo’yicha Janubiy Koreya chempionati o’yinlarini namoyish etish huquqini qo’lga kiritdi

Butun dunyoda koronavirus tufayli yuzaga kelgan pandemiya ortga chekinib, asta-sekin futbol musobaqalari yana qaytmoqda.

Osiyo mamlakatlari ichida eng ilg’ori hisoblangan Koreya 1 ligasi musobaqasi start oldi.

Jonli futbolni sog’inib qolgan muxlislar qiziqishidan kelib chiqqan holda, UZREPORT  Janubiy Koreya milliy chempionati — Key Ligasi o’yinlari translyatsiyasi huquqini sotib oldi. Mazkur chempionatning o’zbekistonlik futbol muxlislari uchun yana bir e’tiborli tomoni shundaki, ushbu musobaqada bir qator o’zbek futbolchilari legioner sifatida to’p surishadi. Jumladan, Jamshid Iskandarov «Seongnam»da,  Rustam Ashurmatov «Kvanju»da, Doston Tursunov «Pusan Ay Park»da, Ikrom Aliboyev esa «Seul» klubida to’p surmoqda.

FUTBOL TV telekanalida Key Ligadan ilk namoyish 10 may kuni hamyurtimiz Ikrom Aliboyev to’p surayotgan «Seul» hamda «Kanvon» klublari ishtirokidagi o’yin bilan boshlanadi.   Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.

Translyatsiya doirasida Key Liga g’olibligi uchun asosiy da’vogar jamoalar uchrashuvlari namoyishi rejalashtirilgan.

Bu o’yinlar orqali nafaqat o’zbekistonlik legionerlar faoliyati, balki Osiyo maydonlaridagi asosiy raqibimiz bo’lgan Janubiy Koreya futboli bilan ham tanishib borish imkoniyatimiz bor.

Ma’lumot uchun, Koreya Key ligasida 12ta jamoa qatanashadi.Musobaqa 8 maydan 8 noyabrgacha o’tkazilishi rejalashtirilgan.

FUTBOL TV telekanalida jonli futbol translyatsiyalardan bahra oling!

Syurprizlar mavsumi davom etadi!

Manba: http://uzreport.news

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.