Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

UFC Fight Night 171 turnirida qayd etilgan natijalar

Bugun Florida shtatida navbatdagi UFC turniri – UFC Fight Night 171 turniri tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida Glover Teysheyra Entoni Smitni 5-raundda texnik nokaut evaziga mag’lub etdi. 

Ushbu sahifa orqali bugungi turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishib olishingiz mumkin. 

Asosiy kard: 

Entoni Smit – Glover Teysheyra – Teysheyra 5-raundda texnik nokaut evaziga g’alaba qozondi.

Ben Rotvell – Ovins Sent-Pru – Ben Rotvell ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozondi (28-29, 29-28, 29-28).

Dryu Dober  – Aleksandr Ernandes – Dober 2-raundda texnik nokaut evaziga raqibini mag’lub etdi.

Rey Borg – Riki Simon – Simon ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozondi (29-28, 28-29, 28-29).

Karl Roberson – Marvin Vettori – Ushbu jang Karl Robersonning sog’lig’ida muammolar bo’lgani sababli bekor qilindi. 

Qo’shimcha kard:

Andrey Orlovskiy – Filipe Lins – Belaruslik Andrey Orlovskiy ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozondi (30-27, 30-27, 29-28).

Maykl Jonson – Tiago Moyzes – Moyzes 2-raundda og’rituvchi usul evaziga g’alaba qozondi.

Sidjara Yubenks – Sara Moras – Yuyuenks ochkolar evaziga g’olib bo’ldi (30-27, 30-27, 30-26).

Xanter Azur – Brayan Kellexer – Kellexer 2-raundda raqibini nokautga uchratdi.

CHeyz SHerman – Isaak Vilyanueva – SHerman 2-raundda texnik nokaut evaziga g’alaba qozondi.

Omar Morales – Gabriel Benitez – Omar Morales hakamlar qaroriga ko’ra ochkolar hisobida g’olib bo’ldi (30-27, 29-28, 29-28).

Navbatdagi UFC turniri 16 may kuni, Toshkent vaqti bilan 17 may tongida o’tkaziladi. 

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.