Yangiliklar

Sportchilar tomonidan Sardoba fojeasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami joʻnatildi

Xalqimiz boshiga jiddiy sinovlar tushayotgan shu kunlarda Oʻzbekiston aholisi bir yoqadan bosh chiqargan holda bu musibatlarga qarshi birlashmoqda.

Bir necha kun oldin Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat ham jafokash xalqimizni bir maqsad yoʻlida birlashtirdi. Bu fojea Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar va xodimlarini befarq qoldirgani yoʻq.

Ular tomonidan toʻplangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Sahovat karvoni” kechaning oʻzida Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi.

Shuningdek, bu yerga joylashtirilgan fojeadan jabr chekkan yurtdoshlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari boʻyicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati


Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button