Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Yangiliklar

Salim Abduvaliyev: Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev — ular mening faxrim

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti Salim Abduvaliyev tug‘ilgan kuni arafasida bergan intervyusida 5-may kuni u 70 yoshga to‘ldi asli o‘zbekistonlik taniqli tadbirkorlar Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov hamda Fattoh Shodiyevlar haqida fikrlari bilan ham bo‘lishdi.

“Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov, Fattoh Shodiyev — men ular bilan ham faxrlanaman. Ular o‘qigan, nufuzli oliygohlarni tugatgan. Bolalikdan chet elda bo‘lgan, masalan, Iskandar Mahmudov Iroqda ko‘plab qiyinchiliklarni ko‘rgan. Ularning barchasi ziyoli oilalardan chiqqan, shunga qaramay ota-onalari o‘qishga majbur qilgan va ular bugun buyuk shaxslarga aylangan.

Bu serquyosh O‘zbekistonni seving! Agar kurashchi bo‘lishni istasangiz bu yerga keling. Bu yerda dunyoning barcha turdagi meva va sabzavotlari, shuningdek, buyuk kurashchilar yetishtiriladi. Hozirda o‘zbekistonlik kurashchilar gilamga chiqqanda barcha raqiblar titraydi. Bularning hammasi Prezidentimiz va rahbarlarimi sharofati bilan bo‘lmoqda”, — deydi Salim Abduvaliyev.

Manba: Daryo.uz

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.