Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Yangiliklar

Ruslan Nurudinov ikki yilga diskvalifikaciya qilindi

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga chetlatildi.

Aslida sud jarayoni anchadan beri davom etayotgandi. O’zbekiston og’ir atletika federasiyasi xorijlik advokat yordamida vaziyatni ijobiy tomonga o’zgartirish bo’yicha say-harakat olib bordi. 

Afsuski, bu urinishlar naf keltirmadi. Olimpiada chempioni ikki yilga sport faoliyatidan chetlatildi. Og’ir atletikachimizga berilgan jazo 2018 yilning 18 dekabridan kuchga kirdi va 2020 yilning 17 dekabr kuni yakuniga etadi. 

Malumot uchun, Ruslan Nurudinovning 2012 yili Londonda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlaridagi doping-tahlili ijobiy natija bergan edi. Bu chetlatish va jazo uning Rioda qo’lga kiritgan oltin medaliga hech qanday tasir o’tkazmaydi.

Manba: http://olimpic.uz


Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.