BoksYangiliklar

Ruslan Chagaev Mayk Tayson hamda Evander Xolifild bilan jang qiladimi?

Professional boks afsonalari Mayk Tayson hamda Evander Xolifild yana sportchilik faoliyatini tiklab, ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishniyatida ekanligini bildirgan edi. Ayniqsa, ular o‘rtasidagi uchinchi bahs tashkil etilishi borasida gap-so‘zlar ko‘paygan.

    Avvalroq, sobiq o‘zbekistonlik Oleg Maskaev hamda Tayson to‘qnashuvi borasida aytilgandi. Xullas, har ne bo‘lgan taqdirda ham boksning tirik afsonalarini yana ringda ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, ular super og‘ir vazn toifasining sobiq chempionlari hisoblanadi. Mazkur vaznda hamyurtimiz Ruslan Chagaev ham faoliyat olib borgan va o‘z vaqtida WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Biz ushbu vatandoshimizning professional boks olamidagi mana shunday olamshumul voqeaga munosabati va unga Tayson hamda Xolifild bilan jang qilish taklifi bildirilsa, qanday javob berishi borasidagi fikriga quloq tutdik.

–   Har ikkisi juda kuchli, o‘z vaqtining chempionlari hisoblanadi. Afsonaga aylangan bokschilardir. Albatta, ularni yana ringda ko‘rish, ajoyib voqea bo‘lar edi. Ularni juda hurmat qilaman. Agar, menga shunday taklif bilan chiqishsa, shubhasiz, rozi bo‘lardim. Chunki, bunday bokschilar bilan jang qilish, men uchun sharaf bo‘lardi, deydi Chagaev.

Manba: sports.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button