Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Ronaldu Messi haqida gapirdi

“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning aytishicha, Lionel Messi bilan uzoq yillik raqobati futbolning rivojiga xizmat qilmoqda.

”Biz faqat maydonda va katta futbolda yaxshi raqobatchilar sanalamiz. Ammo bunday raqobat faqat futbolda emas, boshqa sport turlarida ham bor. Masalan, Maykl Jordanning basketbolda raqobatchilari ko‘p edi, Ayrton Senna va Alen «Formula-1»da yaxshi raqobatchi sanalishgan. Bu ashaddiy raqiblik emas, shunchaki sportdagi sog‘lom raqobat”, – deya Ronalduning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mirror nashri.

Ma’lumot uchun, har ikki futbolchi so‘nggi 12 yilda jami 11ta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishdi.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.