“Katta Dubulg’a” turniriga kiruvchi Rolan Garros turniri muxlislarsiz o’tkazilishi mumkin.
Bu haqida Fransiya tennis federasiyasi rahbari Bernar Gyudichelli xabar berdi.
“Biz bir nechta variantlarni tayyorlab qo’yganmiz. Hammasi hozirgi koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq holatga bog’liq. Bugungi vaziyatda oldindan bir narsa deyish qiyin. So’nggi chora musobaqani muxlislarsiz o’tkazish. Bor umidimiz turnir translyaciyasidan”, – deydi Gyudichelli.
Manba: http://Chempionat.com