Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Radioefirda “O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan ikki xodim MTRKdan ketdi. Radioda “Futbol+” loyihasi davom etadi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali xodimlari – bosh rejissyor Jamoliddin Bobojonov va 1-toifali muharrir, sharhlovchi Bobur Akmalov 22 may kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan. Ularning ikkisi ham bu ma’lumotni Tribuna.uz’ga tasdiqladi.

Endilikda Bobur Akmalov “Oriat Dono” radiosida ishlashda davom etadi. Bugun, 25 may kuni Bobur Akmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Hamidov ishtirokidagi “Futbol plyus” tok-shousi  efirga uzatildi.

Shu tariqa, ushbu xodimlar “Sport” telekanalidan shov-shuvli tarzda ketishi ortidan radiodagi ushbu eshittirish ham to‘xtatilishi haqida tarqalgan xabarlar isbotini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, “Futbol plyus”ning 18 may kungi sonida ishtirokchilar “O‘zbekiston 24” telekanalida Sardobadagi fojia oqibatlari yoritilishi tanqid ostiga olingan, efir davomida “O‘zbekiston 24” telekanalida ko‘rsatilayotgan hayot bilan real hayotdagi farq haqida gapirilgan.

“Bizda qog‘ozda va “O‘zbekiston 24” kanalida hamma narsa zo‘r, lekin hayot butunlay boshqa narsani ko‘rsatyapti… “O‘zbekiston 24” kanalini ko‘rib, sardobaliklar shu suv toshganidan ham xursand ekan, deb o‘ylab qoldim”, degan Jamoliddin Bobojonov. Bobur Akmalov ham uning fikrini ma’qullab, uyini suv bosgan odamlarning bunday xushkayfiyatda ko‘rinishi g‘ayritabiiy ekanini ta’kidlagandi.

Bu holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. 

Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbari Alisher Xadjayev bunga munosabat bildirib, Jamoliddin Bobojonov va Bobur Akmalovning ta’kidlarini «mutlaqo asossiz va noo‘rin tanqidiy fikrlar” deb atagan, ularning “Sport” telekanalida egallab turgan lavozimlariga loyiqligini shubha ostiga olgan edi.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.