Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

“Paxtakor” Salimboyni tabrikladi

Toshkentning “Paxtakor” klubi Salim Abduvaliyevni 70 yoshi bilan tabrikladi. Bu haqda klubning telegram kanalida yozilgan.

“Bugun O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston MOQ vitse-prezidenti va yurtimizda sport rivojlanishi uchun katta mehnat qilib kelayotgan Salim Kirgizbayevich Abduvaliyev 70 yoshini qarshi olmoqda. U mamlakatimizda sport, shu jumladan, futbolning taraqqiy etishiga ko‘p yillar mobaynida o‘z hissasini qo‘shgan.

“Paxtakor” futbol klubi Salim Kirgizbayevichni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘liq, uzoq umr, baxt va omad, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilab qoladi”,- deyilgan «Paxtakor»ning tabrigida.

Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev 1950 yil 5 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgani aytiladi. Yoshligida erkin kurash bilan shug‘ullangan va 5 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 

Salim Abduvaliyev 1997 yildan buyon O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi, 2000 yildan buyon MOQ vitse-prezidenti lavozimida ishlab keladi.


Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.