Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

“O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan sport jurnalisti o’z arizasiga ko’ra ishdan bo’shadi

“Oriyat Dono” radiokanalida efirga uzatilgan “Futbol plyus” loyihasi ishtirokchilari Bobur Аkmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Xamidov o’zaro suhbatda “O‘zbekiston 24” telekanali xususida tanqidiy fikr bildirib, kanal tarqatayotgan xabarlar real hayotdan yiroq ekani haqida (“Susambil”da tashkil qilinganmi» deya) mulohaza bildirgan edi. Аynan shu kichik qism internet tarmoqlarida tarqaldi va keng muhokama qilindi.

Shundan so’ng joriy yilning 21 may kuni ushbu holat yuzasidan MTRK rahbari Аlisher Xadjaevning mulohazasi e’lon qilindi. Maqolada televidenie rahbari ularni “korporativ etika tushunchasidan yiroq ekanliklarini, sportchilar orasida juda qadrlanadigan jamoaviy birlik qadriyatini umuman tushunmasliklarini” ta’kidlagan.

Shuningdek, А.Xadjaev “bu ikki shaxs o’zlari yashab turgan mamlakatdagi holatni aniq-tiniq bilmasdan, vaziyatga o’zlarining “minora”laridan turib baho berganliklaridir. Kimdir, qaerdadir aytgan fikrga qarab xulosa qilish va bu xulosani axborot vositasi orqali tarqatish – o’zini professional, deb bilgan jurnalistga yarashmaydi”, deb yozadi.

Maqolada so’ngida “Xo’sh, bizning korporatsiyamiz (ya’ni kompaniyamiz) korporativ etikani tan olmaydigan, hamkasblarining yuziga oyoq qo’yadigan, siyosiy va madaniy ongi hamda professionalizmi haminqadar bo’lgan bu ikki xodimning xizmatiga muhtojmi?”, deya savol qo’yib, bu savolni “B.Аkmalov va J.Babajanovlarning vijdonlariga havola” etgandi.

MTRKdagi manbalarning tasdiqlashicha, “Sport” teleradiokanalida 1-toifali muharrir shtatida ishlab kelgan Bobur Аkmalov va “Sport” teleradiokanali bosh rejissyori Jamoliddin Bobojonov bo’shashga ariza yozgan.

“Oriat dono” radiosidagi “Futbol plyus” loyihasi yopilgan haqida ham xabarlar tarqadi. Radioning yutubdagi sahifasida o’sha kungi soni o’chirib tashlangan.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.