Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

Oz qoldi! Tez orada UFC Fight Night 173 markaziy jangi bo’lib o’tadi

UFC 21 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 173 turniri o’tkazadi.

Tashkilotchilar UFC APEX arenasi mezbonlik qiluvchi ushbu oqshomning markaziy jangi juftligini elon qilishdi. Jang og’ir vazn toifasida o’tkaziladi va unda rossiyalik Aleksandr Volkov amerikalik Kyortis Bleydsga qarshi oktagonga ko’tariladi. 

Eslatib o’tamiz, Volkov o’zining so’nggi jangini o’tgan yilning noyabr oyida Moskvada Greg Xardiga qarshi o’tkazib, g’alabaga erishgandi. Volkov ayni paytda UFC reytingida 7-o’rinni egallab turibdi. Bleyds esa so’nggi jangida reytingning 3-pog’onasidan joy olgan Junior dos Santosni nokautga uchratgan edi. 

Malumot uchun, rossiyalik aralash qoidalar ustasi 38 ta jangidan 31 tasida g’alaba qozongan. Hisobida 7 ta mag’lubiyat bor. Bleyds esa 15 ta jangidan 13 tasini o’z foydasiga hal qilgan. Ikki jangda mag’lubiyat alamini totib ko’rgan. 

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.