AQShning Florida shtati Jeksonvill shahrida davom etayotgan UFC 249 turnirida Aleksey Oleynik va Fabrisio Verdum o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tdi.
To‘liq davom etgan jangda birinchi va ikkinchi raundlardagi ustunligi evaziga Oleynik braziliyalik raqibi ustidan hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi (28-29, 29-28, 29-28).
Ushbu mag‘lubiyat UFCning sobiq chempioni Verdum uchun faoliyatidagi ikkinchisi bo‘ldi.
Manba:http://Championat.com