Og’ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson sobiq jahon chempioni SHennon Briggs bilan kelishuvga erishdi.
Bu haqida SHennonning o’zi malum qildi.
“Tayson bilan gaplashib oldim, u rozi. Barchasi rasman, sizlar yaqin orada daxshatli jangni tomosha qilasizlar. Men va Tayson qo’lqoplarni kiyishga hozirlanmoqdamiz. Sizu bizni ajoyib jang kutmoqda”, – dedi 48 yoshli sobiq jahon chempioni.
Eslatib o’tamiz, Tayson so’nggi bor 2005 yilda ringga ko’tarilgan. SHennon esa so’nggi jangini 2016 yilda o’tkazgan.