Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Materazzi va Zidan voqeasiga nima sabab bo’lgan edi. Bu haqda futbolchining o’zi gapirib berdi

Futbolchi gap so’zlarga chek qo’ydi.

Italiya terma jamoasining o’tmishdagi himoyachisi Marko Materazzi 2006 yilgi Jahon chempionati finalini eslab o’tdi.

Eslatib o’tamiz, o’sha paytda Italiya- Fransiya jamoalari finalga qadar yetib borishadi. Italiya Jahon kubogini penaltilar seriyasida (1: 1, penaltilar seriyasida 5: 3.) yutadi. O’yin paytida himoyachi fransuz futbolchisi  Zidanni g’azablantiradi, shundan so’ng Zidan boshi bilan Markoni ko’krak qismiga bosh bilan zarba berdi va qizil kartochka oldi.

“Men Zidandan  zarba kutmagan edim. Bu men uchun kutilmagan voqea bo’ldi, chunki agar bilganimda men ham qizil kartochka olib maydon tashqarisida qolgan bo’lardim.

U birinchi bo’limda gol urgan edi va murabbiy Marchello Lippi mendan uni shaxsan qo’riqlashni so’ragan edi.Birinchi to’qnashuvimizdan so’ng, men undan uzur so’radim, ammo u bu holatga salbiy reaksiya bildirdi. keyingi to’qnashuvimizdan so’ng, men g’azablandim va u o’yindan keyin menga futbolkasini berishini aytdi. Men futbolkadan ko’ra uning opasini afzal ko’raman deb javob berdim”- dedi Materazzi Instagramdagi jonli efiridagi suhbatda.

Manba: http://isport.ua


Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.