Yangiliklar

Mahmud Muradov qachon jang qiladi?

O’zbekistonlik yagona UFC da ishtrok etuvchi Mahmmud Muradov ko’pchilikni qiziqtirgan savolga javob berdi.

“Assalom alaykum aziz do’stlar. So’nggi kunlarda menga Pragada vaziyat qanday va uydan tashqarida mashq qilishga imkon bormi degan savollar tez-tez kela boshladi.Chexiyada koronavirus bilan bog’liq vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi, karantin choralari biroz yumshadi va men sport zalida mashq qilish imkoniyatiga ega bo’ldim, albatta, barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda.Ko’plab obunachilarimni qiziqtiradigan yana bir mavzu – bu keyingi jang sanasi. Biz o’zimiz UFCdan yangiliklarni kutmoqdamiz, chunki ko’plab mamlakatlar chegaralari hanuzgacha yopiq va hamma joyda karantin tugamagan.

Men qachon va kim bilan jang qilishim, butun dunyoda koronavirus bilan bog’liq vaziyat yaxshilansagina ma’lum bo’ladi. Qiziqishingiz uchun katta rahmat. InshaAllah tez orada sizlarni yahshi xabarlar bilan hursan qilaman”- deydi Murodov.

Manba : instagram.com/makhmud_muradov

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button