Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Yangiliklar

Mahmud Muradov hamon TOP-15dagi raqibiga qarshi jang o’tkazmoqchi

UFC bilan shartnoma imzolagan ilk jangchimiz Mahmud Muradov yana bir bor navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi.

«Dunyoda pandemiya bilan bog’liq vaziyat asta-sekin yaxshilanayotganligi uchun nafaqat CHexiya, balki butun Evropada ham cheklovlar navbati bilan yumshatilmoqda. 

Barchaga malumki, koronavirus sababli UFC reytingining kuchli o’n beshtaligiga kiruvchi raqibim Karlos bilan jangim qoldirilgandi. Yaqin orada hammasi o’z iziga tushib, davlat chegaralari ochilishiga umid qilaman. Men jangga tayyorman va o’ylaymanki, Karlos ham oxiriga etkazilmagan ishimiz haqida unutmagan. Jangni imkon qadar tezroq o’tkazib, sizlarni ajoyib bellashuv bilan xursand qilishga harakat qilaman», – dedi Muradov. 

Eslatib o’tamiz, aslida Mahmud Muradov 18 aprel kuni Xabib Nurmagomedov bilan bitta turnir doirasida oktagonga ko’tarilishi kerak edi. Lekin koronaviruv pandemiyasi sabab bekor qilingan va keyinchalik ayrim juftliklar o’zgargani holda 9 may kuni o’tkazilgandi. 

Manba : olamsport.com

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.