Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

La Liga iyun oyidan qaytishi mumkin

Ispaniya La Ligasi 3-4 kun ichida klublarning mashg‘ulotlarga qaytishini e’lon qildi.

Jamoalar majburiy tibbiy jarayonlardan o‘tgandan so‘ng yana o‘z qarorgohida shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi. Marca xabariga ko‘ra, barcha futbolchilar 5-7 may kunlari koronavirusga test topshirishadi. Uning natijalari manfiy bo‘lgan o‘yinchilarga mashg‘ulotlarda qatnashishga ruxsat beriladi.

La Liga futbolchilarning xavfsizligi protokollarini sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan kelishib oldi.

Avvalroq, La Liga mavsumning qoldirilgan o‘yinlarini iyun—iyul oylarida o‘tkazib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: Tribuna.com


Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.