Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

Konor MakGregorni jangga chorlagan o‘zbek jangchisiga qanday javob qaytarildi?

O‘zbekistonlik kikboksing ustasi va taniqli aktyor Muhammadali Toshturg‘unov UFC sobiq chempioni Konor MakGregorni jangga chorlab, ashula ijro etganidan xabaringiz bor. Ushbu chaqiriq muxlislar orasida turlicha talqin qilindi. Ko‘plar bu chorlovga salbiy munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlaganlar ham topildi. Biz atletimizga ana shu masalaga aniqlik kiritish uchun murojaat qildik.

 Muhammadali, Konor MakGregorni jangga chorlaganingiz anchagina shov-shuv bo‘ldi. Aslida, bu fikr qanday paydo bo‘lgandi?

– To‘g‘risi, bu hazildan boshlanib ketgan edi. Ya’ni, “Asian Fight” turnirida Konor bilan jang qila olasizmi, degan savol berishdi. Shunda ana shu g‘oya tug‘ildi.

– Lekin ashulangiz muxlislar tomonidan turlicha qabul qilindi…?

– To‘g‘ri, buni o‘zim ham kuzatdim. Ochig‘i xafa bo‘ldim. Ko‘plab yurtdoshlarimiz ustimdan kulib, haqoratlashgacha borishdi. Ularning o‘rnida men bo‘lganimda omadini bersin, deb yaxshi tilaklar bildirardim. Chunki, vatandoshimni qo‘llab-quvvatlardim… irlandiyalikni emas!

– Mazkur urinishingiz biror natija berdimi? Ya’ni, Konor tomonidanmi yoki unga yaqin bo‘lgan insonlar munosabat bildirdimi?

– Biroz natija berdi, deb ayta olaman. Aynan, Konor yoki uning yaqinlari tomonidan munosabat bildirilmagan bo‘lsa-da, AQSh telekanallarida MakGregorni ushbu sportchi jangga chorladi, qabilida ashulamni namoyish etibdi.

– Demak, hali ham u bilan jang qilish istagidan chekinmoqchi emassiz?

– Aksincha, niyatim yana-da jiddiylashdi. Nasib qilsa, bunga qachondir erishaman, deb o‘ylayman.

– Maqsadingiz amalga oshishiga tilakdoshmiz!

– Katta rahmat!

Manba: sports.uz

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.