Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregor Xabib Nurmagomedovning nafsoniyatiga tegishda davom etmoqda.
Bu safar irlandiyalik jangchi Twitter sahifasida kalamush va o’z surati aks etgan poster joylab, 15 avgust kuni Dublinda jang bo’lishini elon qilgan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Konor dog’istonlik chempionni qo’rqoq kalamush deb atagandi.