Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

JCH-2022 qoldiriladimi?

2022 yil Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahon chempionati boshqa muddatga qoldirilishi ko‘rib chiqilmayapti. Bu haqda Rossiyaning RIA Novosti muxbiriga FIFA vakili ma’lum qilgan.

Manbada aytilishicha, FIFA yig‘ilib qolgan o‘yinlarni qulay muddatda o‘tkazish uchun a’zolar bilan maslahatlashgan holda yechim topadi: “Pandemiya vaqtida futbol jamoatchiligi birdamlik ko‘rsatmoqda va FIFA bu koronavirusning futbolga ta’sirini kamaytirishiga ishonadi”, deb FIFA vakilining so‘zlarini keltirgan RIA Novosti. 

Agentlikning suhbatdoshi 18 mart kuni FIFA tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgani, bu guruh pandemiya vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqqani va xususan, xalqaro o‘yinlar kalendari bo‘yicha ishlayotganini ma’lum qilgan.

Manba:https://ria.ru/


Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.