Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Yangiliklar

Formula-1 ning yangi mavsumi iyulda boshlanadi

Bu haqda The Judge 13 portali xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Avstriya poyganing birvarakayiga ikkita bosqichini qabul qiladi: birinchi bosqich 5 iyulda, ikkinchisi 8 yoki 9 iyulda o‘tadi. Shundan keyin Britaniyada 19 va 23 iyulda yana ikkita bosqich bo‘lib o‘tadi. Bosqichlar tomoshabinlarsiz o‘tadi, avtodromga faqat poygani efirga uzatuvchi televizon brigadalar qo‘yiladi.

“Har bir jamoa alohida mehmonxonada joylashtiriladi”, – deyilgan xabarda.

Koronavirus pandemiyasi sababli “Formula-1” taqvimi jiddiy o‘zgarishlarga uchragandi. Avvalroq Avstraliya, Monako va Fransiyadagi bosqichlar bekor qilingandi hamda Bahrayn, Vetnam, Kanada, Xitoy, Niderlandiya, Ispaniya, Ozarboyjondagi bosqichlar noma’lum muddatga ko‘chirilgandi.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.