FutbolYangiliklar

FIFA bahor-kuz sxemasidagi taqvimga o‘tish g‘oyasini ko‘rib chiqadi

FIFA vitse-prezidenti va KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani tashkilot rejalari haqida gapirib berdi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, FIFA dunyo futboli taqvimi tamoyillarini o‘zgartirish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

“Koronavirus pandemiyasi tufayli FIFA o‘zining ba’zi tamoyillarini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda. Hozir futbol mavsumini yakunlash yoki davom ettirish masalasi bilan davlat idoralari shug‘ullanmoqda va ularning futbolga aralashuvini qat’iy ravishda qabul qilmagan FIFA ham hozir bu borada bahslashmayapti. Bu vaqtinchalik majburiy chora. Ammo joriy qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘zgarishlar ham bor.

Masalan, futbol taqvimining asosiy sanalari. An’anaviy kuz-bahor sxemasi o‘rniga bahor-kuz asos qilib olinishi mumkin. Qatardagi JCH-2022 noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilishini inobatga olsak, buni doimiy ravishda joriy qilish haqida o‘ylab ko‘rish kerak. 

Masalan, Shimoliy Amerika davlatlarida mavsum bahor-kuz tizimida o‘tkaziladi va bunda hech qanday noqulaylik yo‘q. Bu Yevropa, Afrika yoki boshqalar uchun muammo bo‘lmasa kerak”,- deb Montalyani so‘zlarini keltirmoqda Sport radiosi.

Avvalroq, «Bayer» klubining boshqaruv raisi Fernando Karro ham chempionatlarni bahor-kuz tizimiga o‘tkazish taqvim muammolarini hal qilishini aytgandi.

Agar joriy mavsum oktyabr – noyabr oylariga qadar cho‘zilib ketsa, keyingi mavsumni yanvarda boshlash maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu esa taqvimni 2022 yil noyabr – dekabr oylarida Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga moslashtirish imkonini beradi. 

Bu variantni kamida o‘rganib chiqish lozim deb hisoblayman. Ammo ba’zi mamlakatlarda, masalan Ispaniyada yozda juda issiq bo‘ladi, shuni ham inobatga olish lozim. Bundan tashqari, yozda TV ham translyatsiyalarga qiziqmaydi.

Manba: Tribuna.uz


Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button