Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Ertaga K-Liga boshlanadi

K-Liga boshlanmoqda.

Janubiy Koreya koronavirus pandemiyasi paytida ilk qayta yo’lga qo’yilgan birinchi chempionat bo’lishga yaqin.

K-Liga 8 may kuni boshlanadi, ammo ba’zi cheklovlar bilan. O’yinlar tomoshabinlarsiz o’tkaziladi, bundan tashqari, o’yinchilarga maydonga tupurish va o’zaro suhbatlashish taqiqlanadi, deb xabar beradi BBC.

Agar o’yinchilar belgilangan qoidalarga rioya qilmasa, sariq kartochka bilan jazolanishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Janubiy Koreyada 10 810 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, shundan 256 ta holat o’lim bilan tugagan.

Eslatma, 4 nafar O’zbekistonlik futbolchilar K-Ligada to’p surishadi. “Gvangju FK”tarkibida Rustam Ashurmatov , “Pusan IPark”da Dostonbek Tursunov , “Seul FK” Ikromjon Aliboev o’z klubi shanini himoya etsa ya’na bir hamyurtimiz “Seongnam”klubida  Jamshid Iskanderov harakat qiladi.

Manba: http://Isport.ua

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.