FutbolYangiliklar

Eldor Shomurodov Germaniyaga yo’l oladi

“Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Bundesliganing bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ProSportsManagement agentligi rahbari German Tkachenko «Futbol akademiyasi» loyihasida ma’lum qildi.

“Tan olaman, Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha Germaniyaning bir nechta klublari bilan muzokara olib borayapmiz. Ulardan biri biz bilan suhbatda ochiqchasiga shunday deyishmoqda: «Yigitlar, biz qishdan qolgan pullarimizni shunchaki sarflay olmaymiz, kimnidir sotishimiz kerak. Sababi, homiylarimizga qanchalik qiyin bo‘layotganligini ko‘rib turibmiz. Shunga qaramay, ular bizni ta’minlashda davom etishmoqda. Jamoa futbolchilaridan ham 2-3 oy davomida maoshlarni qisqartirib turishni iltimos qildik. Hali qariyb bir yil muxlislarsiz o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, hozir bizda mablag‘ bor, ammo buni transfer uchun sarflash to‘g‘ri qadam ekanligiga ishonch hosil qila olmayapmiz”, – deydi German Tkachenko. 

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum «Rostov» safidagi 11ta gol urgan hamda 5ta golga assistentlik qilgan. 

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button