FutbolYangiliklar

Belarus koronavirusni tan olishni boshladi.Oliy ligadagi o’yin qoldirildi

Belarus futbol federatsiyasi mamlakat Oliy ligasi 10-turidan o‘rin olgan «Smolevichi» – «Minsk» o‘yini qoldirildi.

 23 may sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ushbu bahs «Minsk» futbolchisida koronavirus infektsiyasiga chalingani gumon qilinishi oqibatida shunday qarorga kelindi.

Bundan tashqari, Yoshlar ligasidan o‘rin olgan «Torpedo-BelAZ» – «Neman» va «Smolevichi» – «Minsk» o‘yinlari ham boshqa muddatga qoldirildi.

Qayd etish joiz, Belarus chempionatining «Energetik-BGU» jamosi safida hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradi.

Ayni daqiqalargacha Belarusda koronavirus bilan bog‘liq 30572 ta holat qayd etildi va 171 ta holat o‘lim bilan yakunlandi. Oxirgi sutka ichida esa 922 ta yangi holat aniqlandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button