FutbolYangiliklar

BAA – O’zbekiston uchrashuvi kelishilganmidi?

Kecha “Tezkor studiya”ning navbatdagi soni bo’lib o’tdi.

Uzoq yillar mobaynida O’zbekiston milliy terma jamoasida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan Alisher Nikimbaev “Tezkor studiya”da Jahon chempionati saralashidan o’rin olgan, amalda biz uchun o’z ahamiyatini yo’qotgan so’ngi tur BAA bilan kelishilgan deya gumon qilingan uchrashuv haqida batafsil fikr bildirdi.

“1997 yil, JCH-1998 saralashi, Qozog’iston bilan o’yindan oldin terma jamoaga braziliyalik Vega Da Silva taklif qilindi. Biz BAA bilan o’yindan raqib bilan birga Abu-Dabidagi mehmonxonaga joylashdik. Amirliklar murabbiyi ham braziliyalik edi. Ular ikkisi shu erda suhbatlashib qolishdi. BAA ustozi Da Silvaga shunday degandi: “Bilasanmi, sizlardan bir kishi kelib O’zbekiston BAAga yutqazib berishni taklif qildi”.

O’zbekiston terma jamoasida imkoniyat qolmagandi, BAAda esa juda kichik bo’lsada imkoniyat bor edi. Ular bizdan aynan kim shunday taklif bilan chiqqanini ko’rsatishgan, hozir uning kimligini aytmoqchi emasman, vaziyat chigallashib ketadi. U malum muddat o’zbek futbolidan yo’qolib qoldi, keyinroq qaytdi va hozirga qadar ishlab kelmoqda. Umuman olganda bunday holatlar ko’p bo’lgan, ammo dalil doim ham yo’q”,- deydi futbol mutaxassisi.

Malumot uchun, o’sha BAA – O’zbekiston uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Manba : championat.asia

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button