2 C
Tashkent
Shanba, Yanvar 22, 2022
Bosh sahifaYangiliklarAlisher Usmonov ajratgan pullar aholiga bo’lib berildi

Alisher Usmonov ajratgan pullar aholiga bo’lib berildi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv ombori to‘g‘oni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 15 million dollar miqdorida xayriya mablag‘i ajratgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu mablag‘ning 10 million dollarlik qismi O‘zbekiston uchun, 5 million dollari esa Qozog‘iston uchun taqdim etilgan.

Tengrinews.kz nashri xabariga ko‘ra, suv toshqinidan jabr ko‘rgan Turkiston viloyati hokimligi 5 million 202 ming dollar ajratilganini tasdiqlagan. 

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Turkiston viloyati Maqtaaral tumani markazi Mirzakent qishlog‘ida yangi aholi punkti qurilishiga start berishdi.

Unda Turkiston aholisiga Usmonov tomonidan xayriya qilinga pullar ham o’z egalariga yetkazib berilgani ma’lum bo’ldi.

Manba:http://Kun.uz


Mavzuga oid
- Advertisment -

Ommabop yangiliklar