Braziliyalik
sobiq futbolchi va murabbiy Ziko Rossiyaning championat.com nashriga intervyu
berdi, Moskvaga kelishdan oldingi “Bunyodkor” klubidagi faoliyatini esladi.
“SSKA”klubida “Bunyodkor”dan kamroq mablag’ toparmidingiz?
“Xuddi shunday. Men O‘zbekistonda qolib, butun umrimga yetadigan mablag‘ni yig‘ishim mumkin edi. Biroq menga futbol darajasi muhimroq bo‘ldi. Shunga qaramay, O‘zbekistondagi to‘rt oy davomida biz mamlakat chempionligi va kubogini yutib, Osiyo Chempionlar ligasida Avstraliya klubiga qarshi o‘yinda mag’lub bo’lib finalga chiqa olmadik” , – deya eslaydi braziliyalik sobiq murabbiy.
Eslatma, Ziko 2008 yilda “Qaldirg’ochlar” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.
Manba: championat.com