Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

MMA

Xabib Nurmagomedov -Toni Fergyuson jangi beshinchi marotaba bekor qilindi

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 18 aprel kuni UFC 249 turniri doirasida Toni Fergyusonga qarshi jang qilmaydi.

Bu haqida Xabib Nurmagomedov bayonot berdi. 

«Uyda karantinda o’tirib, odamlar jangim atrofidagi gap-so’zlarga qanday munosabat bildirishayotganligini o’qib o’tiribman. 

Ko’rinishidan, butun dunyo karantinda o’tirganida, barcha mamlakatlar hukumati kasallik tarqalishini oldini olib odamlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlariga chorlasalaru, Xabib bu erda bitta jang uchun tavakkal qilib butun jahon bo’ylab uchib yursa?

Men barchasini tushunib turibman va jang qoldirilganidan sizdan kam hafa emasman. Menda ham boshqalar kabi rejalar bor edi, ammo bularning barchasini nazorat qilishga mening kuchim etmaydi. 

Katta mamlakatlar va katta kompaniyalar vaziyat har kuni o’zgarayotganidan shokka tushishmoqda. 

Ammo Xabib urishishi kerak, shundaymi? O’zingizni asrang va o’zingizni meni o’rnimga qo’yib ko’ring», – deya murojaat qildi Xabib Nurmagomedov. 

Eslatib o’tamiz, bungacha Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o’rtasidagi jang to’rt marotaba bekor qilingandi. 

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.