Xabib- Makgregor jangidan so’ng mashhurlik cho’qisiga chiqqan UFC a’zosi vafot etdi
UFC fotografi Entoni Kausi 49 yoshida koronavirus sababli vafot etdi.
Kausi Nurmagomedov – Makgregor jangini o’z obektivida tarixga muhrlagan edi. Ayniqsa, uning UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning parterda Konorni bo’g’ib turgan surati juda mashhur bo’lib ketgan edi.
Kausining suratlari New York Post nashrida bosilardi. 22 mart kuni Kausi
Instagramga gospitalda ekanligini bildiruvchi surat joylagandi.